BlogYangiliklarMediatsiya to‘g‘risidagi qonun sharhi

Businessman Shaking Hands In Front Of Scale

O‘zbekiston Respublikasining MEDIATSIYA TO‘G‘RISIDAGI qonuni
(03.07.2018 yilda qabul qilingan 2019 yil 1 yanvardan kuchga kirgan)

Qonunning maqsadi: Nizolarni tartibga solishning muqobil usullarini rivojlantirish uchun huquqiy shart-sharoitlar yaratish: Sud tizimiga tushadigan ish hajmini kamaytirishdan iborat.

Mediatsiya nima: Nizoni taraflarning o‘zaro maqbul qarorga erishish maqsadidagi ixtiyoriy roziligi asosida uchinchi shaxs ko‘magida hal qilish usuli.

Mediatsiya — bu murosa yo‘li va ikki nizoli tarafni yarashtirish jarayonidir.

Mediator kim: Taraflar tomonidan nizoni hal etish uchun jalb etilgan mustaqil xolis, betaraf shaxs.

Mediatorlarning ikki turi mavjud:

Professional mediator – Yuristlar malakasini oshirish markazida o‘qigan va Adliya vazirligi Reyestriga kiritilgan shaxs

Noprofessional mediator – 25 yoshga to‘lgan va mediator vazifalarini bajarishga rozilik bergan shaxs

QUYIDAGILAR MEDIATOR BO‘LISHI MUMKIN EMAS

– davlat vazifalarini bajarish uchun vakolat berilgan yoki unga tenglashtirilgan shaxs;
– muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilganligi to‘g‘risida sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud bo‘lgan shaxs;
– sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs;
– o‘ziga nisbatan jinoiy taʼqib amalga oshirilayotgan shaxs.

MEDIATSIYANI AMAL QILISH SOHALARI

– Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish munosabati bilan kelib chiqadigan nizolar;
– Yakka mehnat nizolari;
– Fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar;
– Oilaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar.

MEDIATSIYANI QO‘LLASH VA AMALGA OSHIRISH

Mediatsiya – taraflarning xohish-istagi asosida:

– sudgacha bo‘lgan tartibda;
– nizoni sud tartibida ko‘rish jarayonida;
– sud hujjatini qabul qilish uchun sud alohida xonaga (maslahatxonaga) kirguniga qadar;
– sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida qo‘llanilishi mumkin.

MEDIATSIYA PRINSIPLARI:

– Maxfiylik
– Ixtiyoriylik
– Taraflarning hamkorligi va teng huquqligi
– Mediatorning mustaqilligi va holisligi

MAHFIYLIK – Taraflar mediatsiya jarayonida o‘zlariga maʼlum bo‘lib qolgan maʼlumotlarni tomonlarning roziligisiz oshkor qilishga haqqi yo‘q. Mediatsiya jaryonida taraflarni yarashishga majburlash taqiqlanadi.

IHTIYORIYLIK – Taraflarning mediatsiyani qo‘llash to‘g‘risidagi kelishuvda ifodalangan o‘zaro ixtiyoriy xohish-istagi bo‘lgan taqdirda mediatsiya qo‘llaniladi.

TARAFLARNING HAMKORLIGI VA TENG HUQUQLIGI – Nizo bo‘yicha taraflarning hamkorligi asosida o‘zaro maqbul qarorga erishish maqsadida mediatsiya amalga oshiriladi.

MEDIATORNING MUSTAQILLIGI VA HOLISLIGI – Mediatsiyani amalga oshirishda mediator mustaqildir. Mediatsiya jarayonida mediatorning faoliyatiga biror-bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.

MEDIATSIYA TARAFLARINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

Mediatsiya taraflari:

– mediatorni ixtiyoriy ravishda tanlashga;
– mediatordan voz kechishga;
– mediatsiyaning istalgan bosqichida unda ishtirok etishdan voz kechishga haqli.

Mediatorning faoliyatiga haq to‘lash

– Professional mediatorning faoliyati haq evaziga yoki tekin amalga oshirilishi mumkin.
– Noprofessional mediatorning faoliyati tekin amalga oshiriladi.
– Noprofessional mediatorga mediatsiyani o‘tkazish bilan bog‘liq, jumladan nizoni ko‘rib chiqish joyiga borib kelish uchun yo‘l haqi, yashash va ovqatlanish xarajatlarining o‘rni qoplanishi mumkin.

Mediativ kelishuv

– Mediatsiyani natijalari bo‘yicha taraflar majburiyatlarni bajarishga oid o‘zaro maqbul qarorga erishgan taqdirda, ular o‘rtasida yozma shaklda mediativ kelishuv tuziladi.
– Mediativ kelishuv uni tuzgan taraflar uchun majburiy kuchga ega bo‘lib, taraflar kelishuvda ko‘rsatilgan tartib va muddatlarga asosan ixtiyoriy ravishda bajaradilar.
– Mediativ kelishuv bajarilmagan taqdirda taraflar o‘z huquqlari himoya qilinishini so‘rab sudga murojaat etishga haqli.

Dilbahor Yakubova – “OILA MARKAZI” eksperti, Yuridik fanlar nomzodi

Biz bilan bog’laning

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizga a’zo bo’ling va bizni kuzatib boring

    https://mediatsiya.uz/wp-content/uploads/2020/04/img-footer-map.png

    Biz bilan bog’laning

    Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizga a’zo bo’ling va bizni kuzatib boring

      Mediatsiya.uz | 2021 | Barcha huquqlar himoyalangan

      Mediatsiya.uz | 2021 | Barcha huquqlar himoyalangan