E'lonlarYangiliklarOilaviy mediatsiya – nizoni hal etishning muqobil usuli

Konflikt (nizo) – kelishmovchilik, unda har bir taraf faqat o‘zini manfaati hisobga olinishini o‘ylaydi va istaydi, o‘ch olishga harakat qiladi.

MEDIATSIYA – (lotincha «mediatio» so‘zidan  «o‘rtadagi vositachilik» degani) betaraf va holis uchinchi tomon (mediator) yordamida nizoni hal etish usulidir. Mediatsiya ko‘p davlatlarda turli nizolarni hal etishda qo‘llaniladi (AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Avstriya, Yaponiya, Xitoy, Gonkong, Koreya, Xindiston, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Gruziya, Ukraina va boshqalar).

Mediatsiya – bu huquqiy jarayon bo‘lib, tomonlar o‘rtasidagi nizoni sudga murojaat etmasdan yoki sudning hal qiluv qarorisiz hal etishga qaratilgan.
Mediatsiya – bu barcha holatda qo‘llaniladigan jarayon emas (zo‘ravonlikda mediatsiya qo‘llanmasligi lozim);
Mediatsiya tarbiyaviy ahamiyati bo‘lgani bilan tarbiya vositasi emas;
Mediatsiya shaxsni o‘zgarishiga kafolat bermaydi;
Mediatsiya – terapiya emas (ruhan sog‘ odam, o‘z harakati uchun javob bera oladigan, yaʼni  muomalaga layoqatli shaxslar o‘rtasida qo‘llaniladi);
Mediatsiya – psixologik yoki yuridik yordam berish vositasi hisoblanmaydi.

Mediatsiya jarayonining sud jarayoniga nisbatdan afzalliklari.

  • Narxi arzonligi
  • Muammoni hal qilish uchun vaqtni tejamkorligi
  • Hissiyotlarni to‘g‘ri yo‘lga sola olish
  • Jarayonning maxfiyligi
  • Ijodiy (noanʼanaviy) yechimlar
  • Xis-tuyg‘ularni va nuqtai nazarni ifodalash imkoniyati
  • Munosabatlarni saqlab qolish
  • Jarayon ustidan nazorat qilish
  • Taraflar teng va o‘zlari topgan yo‘l bilan kerakli natijaga: qarorga kelishishi
  • Qarorni ihtiyoriy qabul qilinishi va ijro etilishi

MEDIATOR – O‘zbekiston Respublikasining 12.06.2018 yilda qabul qilingan «Mediatsiya to‘g‘risida»gi Qonuniga binoan taraflar tomonidan  nizoni hal etish uchun jalb etilgan mustaqil betaraf shaxs.

MEDIATSIYA PRINSIPLARI:

  • Ixtiyoriylik.
  • Tomonlarning teng huquqliligi.
  • Mediatorni mustaqil va holis (betaraf)ligi.
  • Mediatsiya jarayoniga o‘zga shaxslar aralashuvi taqiqlanishi.
  • Mahfiylik.
  • Iroda erkinligi.

Olimlarning fikriga ko‘ra mediatsiyani farqlovchi xususiyatlari

  • Dialog  usulidan foydalanish
  • Hamqorlik
  • O‘zini-o‘zi boshqarish qobiliyatlarni rivojlantirish
  • Mustaqil qaror qilish
  • Tomonlarining teng huquqligi
  • Nizolarni o‘zaro hal qilish usuli
  • Tomonlarga teng qarash
  • O‘zaro tushunish va empatiya (rahmdillik)ni o‘rnatish.
  • Tomonlarni faol qatnashishi
  • Kelajakka yo‘naltirilgan

Mediatorning huquq va majburiyatlari:

  • Taraflar bilan alohida va birga uchrashishi va suhbatlashishi;
  • Taraflarning roziligi bilan ish olib borishi;
  • Mediatsiyani boshlashdan avval taraflarga mediatsiyaning maqsadi, taraflarning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi;
  • Maʼlumotlarni mahfiy saqlashi;
  • O‘zini betaraf tutishi;
  • Taraflar o‘z manfaatiga mos keladigan qarorga kelishishiga ko‘maklashishi lozim.
  • Malakali mediator Kasb etika qoidalariga rioya etishi lozim.
  • Mediator qonunda belgilangan boshqa huquq va majburiyatlarga ega.

TARAFLARNING VAKOLATLARI:

  • O‘z xohishi bilan mediator tanlash;
  • Mediatordan voz kechish;
  • Xohlagan paytda mediatsiyada qatnashishdan  bosh tortish;
  • Mediatsiyada shaxsan yoki ishonchnoma berib ishonchli vakili orqali ishtirok etish;
  • Mediativ kelishuv shartlari bajarilmasa sudga murojaat etish huquqiga ega.
  • Mediativ kelishuvni belgilangan tartib va muddatda bajarishga majbur.
  • Qonunda belgilangan boshqa huquq va majburiyatlarga ega.

Mediatsiya jarayoni bosqichlari:

1-tayyorlov bosqichi: mediator nizoni o‘rganadi va barcha maʼlumotni to‘playdi. Bu bosqichda mediator nizoga baho beradi va mediatsiya usulidan foydalanish mumkin-mumkin emasligi to‘g‘risida qarorga keladi.

2-bosqich: nizo taraflari bilan alohida uchrashuv. Mediator har bir taraf bilan uchrashib, unga mediatsiya maqsadi, prinsiplari, taraflarning huquq-majburiyatlarini va jarayonni qanday kechishini tushuntiradi va vaziyat yuzasidan maʼlumot oladi.

3-bosqichda mediator taraflarni bir-biri bilan xurmat saqlab gaplashishlariga, nizoni bartaraf etishlariga, har ikkala taraf teng huquqli bo‘lib, nizo bo‘yicha o‘ziga mos qarorga kelishishiga yoki yarashishiga sharoit yaratadi (bir nechta uchrashuv bo‘lishi mumkin). Mediativ shartnoma tuzilishi mumkin.

4-bosqichda mediator taraflar mediativ kelishuv shartlarini bajarganligi to‘g‘risida maʼlumot oladi va kerak bo‘lsa yana bitta uchrashuv o‘tkazishi mumkin. Bu bosqichda taraflar o‘tkazilgan jarayon qanchalik foydali bo‘lganligi to‘g‘risida fikr berishlari yoki anketaga javob berishlari mumkin.

«G‘amxo‘rlik davrasi» – juda muhim va qiyin jarayon. Og‘ir vaziyatga tushib qolgan oilaga yordam beriladi:
– oila aʼzolari o‘rtasida keskin tushunmovchilik bo‘lsa;
– bolalar oiladan chiqib ketgan bo‘lsa;
– oila buzilish arafasida yoki buzilgan bo‘lsa.

«G‘amxorlik davrasi»da ishtirok etishga qarindosh-urug‘lar, ijtimoiy xodim, psixolog, o‘qituvchi, sinfdoshlar, hamkasblar va boshqalar taklif etilishi mumkin. Ular nizoni asosiy sabablari bo‘lmish, lekin taraflar bilib-bilmasdan yashirgan maʼlumotlarni berishlari mumkin. Ushbu jarayon tashabbuskori ko‘pincha ijtimoiy xodim (pedagog) bo‘ladi, ammo bunday taklifni oilani muammosini hal etishni istagan har qanday inson berishi mumkin.

Mediator jarayonni kuzatib, barcha ishtirokchilar qoidalarga rioya etishini taʼminlaydi. Mediatsiya natijasida oila aʼzolari yarashtiriladi va muhit sog‘lomlashadi.

Oilaviy mediatsiya    

  • Oilalar bilan ishlashda qo‘llaniladi.
  • Oilaviy nizolarni va bola bilan bog‘liq muammolarni hal etishda do‘stona munosabatlarni saqlab, normal muloqotni amalga oshirish, farzandlarni  ruhiyati buzilmasligini ko‘zlab, umumiy manfaatlarni topishdan iborat.
  • Oilaviy mojaro, nizolarda tomonlar bir-birlarini ayblashga harakat qilishadi, salbiy munosabatda bo‘lishadi. Mediator er-xotin ajrashganda bir-biriga nisbatan begona shaxsga aylansada, farzandi uchun ota-ona bo‘lib qolishini unutmasligini eslatishi lozim.
  • Mediator psixologik va yuridik bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi yoki somediatsiya o‘tkazib, tomonlarni psixolog (yuristga) yuborishi mumkin.
  • Oilaviy mediatsiyani qo‘llash natijasida oila aʼzolarini o‘rtasidagi munosabatlar uyg‘unlashadi, oilaviy muhit yaxshilanadi, ota-onaning farzand tarbiyasi funksiyalari to‘g‘ri bajariladi.

Qaysi usullardan foydalaniladi?

  • Mediativ suhbat
  • Muzokaralar
  • Savol-javob
  • Faol tinglash
  • Boshqa pozitiv iboralar bilan gapni qaytarish
  • Nizoni bitta asosda umumiylashtirish
  • Xulosa qilish
  • Kechinmalarni tushuntirish
  • Haqiqatni hissiyotlardan ajrata bilish
  • Passiv tinglash
  • Pozitiv hikoyani shakllantirish
  • Tomonlarni o‘z muammosini hal etishga va ikkala tomonni manfaatidan kelib chiqadigan qarorga kelishga yo‘naltirish

“OILA MARKAZI” bo‘lim rahbari – Gulnora Eshonxonova

Biz bilan bog’laning

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizga a’zo bo’ling va bizni kuzatib boring

    https://mediatsiya.uz/wp-content/uploads/2020/04/img-footer-map.png

    Biz bilan bog’laning

    Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizga a’zo bo’ling va bizni kuzatib boring

      Mediatsiya.uz | 2021 | Barcha huquqlar himoyalangan

      Mediatsiya.uz | 2021 | Barcha huquqlar himoyalangan